Muammo: Chiroyli raqamlarni ko‘rib, faqat bitta ko‘rsatkichga qaram holda kampaniyani “muvaffaqiyatli” yoki “muvaffaqiyatsiz” deb hisoblash oson. Eng ko‘p uchraydigan holat — yuqori
CTR yoki arzon klikdan xursand bo‘lish. Ha, CTR 2–3% bo‘lishi va klik arzon tushishi mumkin, lekin agar
lead narxi (CPA) osmonni qoqsa, bunday kampaniyani samarali deb bo‘lmaydi.
Aksincha ham bo‘ladi: CPM past (ya’ni ko‘rsatishlar arzon), lekin auditoriya lead’ga aylanmaydi. Faqat “voronka”ning bitta bosqichiga qarab baho berish kampaniyaning umumiy holatini ko‘rmaslikka olib keladi. Natijada muammolarni juda kech payqaysiz, byudjet esa allaqachon havoga uchib bo‘ladi.
Yechim: Voronkani boshidan oxirigacha kuzating — ko‘rsatishdan konversiyagacha. Har bir asosiy metrikaning natijalarini va ular o‘zaro qanday bog‘liqligini tahlil qiling.
Telegram Ads’da butun zanjirni nazorat qiling:
- CPM → ko‘rsatishlar uchun ortiqcha to‘lamayapsizmi?
- CTR → kreativ yetarlicha e’tibor tortayaptimi?
- CPC → bir klik sizning sohangiz uchun maqbul narxda tushayaptimi?
- CPA → bir lead yoki obunachini jalb qilish qancha turayapti?
Faqat kompleks tahlil haqiqatni ko‘rsatadi. Masalan:
- Agar CTR yuqori, lekin lead qimmat bo‘lsa — muammo taklifda yoki landing sahifada. Foydalanuvchilar bosishyapti, lekin konversiya qilmayapti.
- Agar CTR past bo‘lsa — demak, kreativ yoki xabar auditoriyani qiziqtirmayapti.
Shuningdek, lead sifati bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni ham kuzating: yangi obunachilardan qanchasi bir haftadan keyin faol qolmoqda, qanchasi darrov chiqib ketmoqda. Bu ham lead qiymatini baholashda muhim.
👉 Birgina chiroyli metrikaga ishonib qolmang. Asosiy natijaga qarang: ariza, obuna yoki sotuv. Foydalanuvchi yo‘lida qayerda “teshik” borligini aniqlang va kuchingizni o‘sha joyni yaxshilashga sarflang. Shunda haqiqiy natijaga erishasiz.