Telegram Ads’da nega ko'rishlar(Views) kam? Sabablar, diagnostika va yechimlara

Kirish

Telegram Ads — kuchli vosita, lekin ko‘plab reklama beruvchilar bir xil muammoga duch kelishadi: reklama yoqilgan, balansda pul bor, ammo ko'rishlar deyarli yo‘q.
Keling, bu holat nima sababdan yuz berishini va uni qanday hal qilish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

📑 Kanallar va botlarga targeting (Target channels/bots)

Bu — reklamangizni aniq bir kanal yoki botda ko‘rsatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli. Qaysi joyda e’lon chiqishini sizning o‘zingiz belgilaysiz. Bu usul odatda o‘zini ma’lum auditoriyaga bog‘lamoqchi bo‘lgan brendlar uchun mos (masalan, banklar → moliya kanallari, oziq-ovqat yetkazib berish xizmati → mahalliy shahar kanallari).
Lekin bir nuqta bor: ko‘rsatmalar kanaldagi haqiqiy охват(qamrov), kanal sifati va siz qo‘ygan stavkaga bog‘liq bo‘ladi.

Qanday muammolar yuzaga kelishi mumkin?

1. Past CPM

  • Diagnostika: stavkangizni kanal охvati bilan solishtiring. Agar kanalning охvati yuqori bo‘lsa-yu, reklamangiz ko‘rinmasa — demak, stavka juda past.
  • Yechim: CPM’ni asta-sekin, kichik qadamlarda (+10–20%) ko‘tarib boring va natijani kuzating. Stavka → oxvat→ ko‘rsatmalarni alohida jadvalda yuriting.

2. Kanalning охvati past

Diagnostika: kanalning kunlik охvatini reklamangiz ko‘rsatmalari bilan solishtiring. Odatda reklama kanal охvatining kamida 30% ini olishi normal hisoblanadi.
  • Yechim: kampaniyaga yana boshqa kanallar qo‘shing. Agar aniq bir kanalni nishonga olish kerak bo‘lsa — uni 2 ta kabinet (ikkita kampaniya) orqali parallel ravishda ishga tushiring.

3. Oxvatning nakrutka qilingan bo‘lishi

  • Diagnostika: shubhali kanallarni aniqlash qiyin emas: izohlar yo‘q, reaksiyalar g‘alati yoki bir xil, har bir postda qamrov deyarli o‘zgarmaydi, post chiqqanidan keyingi birinchi soatda tabiiy o‘sish kuzatilmaydi.
  • Yechim: bunday kanallarni chiqarib tashlang. Spay-servislar orqali yoki «o‘xshash kanallar» funksiyasi yordamida alternativlarini toping.

4. Auditoriya «kerakli davlatdan emas»

Diagnostika: kanal auditoriyasining katta qismi, masalan, Rossiya yoki boshqa mamlakatlardan, siz esa reklama TON-kabinetdan yoqilgansiz.
  • Yechim: faqat mahalliy (O‘zbekistonlik) auditoriyaga ega kanallarni qidiring va qo‘lda tekshirib chiqing. Agar kanal «aralash» bo‘lsa (bir qismi O‘zbekistondan, bir qismi boshqa davlatlardan) — minimal byudjet bilan test qiling va konversiyalarni kuzating.

5. E’lon balansi €0,5 dan past

  • Yechim: balansi doimiy nazoratda ushlang. Kuniga kamida 2 marta qo‘lda tekshirib turing. Balans €1 dan pastga tushishi bilanoq uni to‘ldiring.

6. Kanal/bot minimal talabga javob bermaydi

Diagnostika: tekshiring — kanal kamida 1000 ta obunachi yoki botda kuniga 1000 ta aktiv foydalanuvchi bo‘lishi kerak.
  • Yechim: agar bundan kam bo‘lsa, bunday kanal yoki botga reklama umuman chiqmaydi. Shuning uchun boshqa variantlarni tanlashga to‘g‘ri keladi.

👥 Kanallar auditoriyasiga targeting (Target users)

Bu usulda reklama to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanalning o‘zida emas, balki uning obunachilariga ko‘rsatiladi. Ya’ni siz aniq kanallarga obuna bo‘lgan odamlarni oxvat qilasiz. Bu metod moslashuvchan: bir nechta turli kanallarni qo‘shib, kengroq auditoriyani qamrab olish mumkin.
Minus tomoni shundaki, auditoriya sifati tanlangan kanallarning o‘ziga va ularning obunachilariga bog‘liq bo‘ladi.

Qanday muammolar bo‘lishi mumkin?

1. Past CPM

Diagnostika: yana bir bor stavkani 5 barobarga oshirib ko‘ring. Agar ko‘rsatmalar paydo bo‘lsa — muammo stavkada bo‘lgan.
  • Yechim: stavkani qo‘lda oshiring, har safar joriy CPM’ga +20–30% qo‘shib sinov qilib boring.

2. Kanal obunachilari kam

  • Diagnostika: reklamaning kunlik ko‘rsatmalari kanal obunachilari sonining kamida 5–40% ini tashkil qilishi kerak.
  • Yechim: faqat bitta kanal bilan cheklanib qolmang — kampaniyaga ko‘proq kanallar qo‘shing.

3. Nakrutka qilingan obunachilar

Diagnostika: bunday kanallarda odatda oxvat yoki reaktsiyalar bo‘lmaydi, obunachilar soni reklamasiz ham keskin o‘sib ketadi.
  • Yechim: bunday kanallardan foydalanmang. O‘xshash kanallar orqali yoki spay-servislar yordamida "fake" larni toping.

4. Balans €0,5 dan past

  • Yechim: balansni muntazam tekshirib boring va oldindan to‘ldirib qo‘ying.

🔎 Target search

Telegram’dagi qidiruv orqali targeting — bu reklama kerakli kalit so‘zlarni qidirayotgan odamlarga ko‘rsatiladigan usul. U aniq sohalarga bo‘lgan talab uchun juda mos (masalan, «IELTS repetitori» yoki «noutbuk sotib olish»).
Lekin qidiruv so‘rovlari kamdan-kam bo‘lishi mumkin, natija esa asosan kalit so‘zlarning(keywords) qanday tuzilishiga bog‘liq.

Qanday muammolar bo‘lishi mumkin?

1. Past CPM

  • Yechim: hammasi oldingidek — stavkani oshiring va sinab ko‘ring. CPM’ni qo‘lda +20–30% qadamlar bilan ko‘tarib boring.

2. So‘rov chastotasi past

  • Diagnostika: hozircha Telegram’da so‘rov chastotasini ko‘rsatadigan analitika mavjud emas.
  • Yechim: bir nechta kalit so‘z variantlarini sinab ko‘ring, ortiqcha belgilar/emojilarni olib tashlang, kalit so‘zning «odamona» yozilganini tekshiring (foydalanuvchi uni haqiqatan ham shunday yozishi ehtimoliga qarang).

🎯 Xulosa

Telegram Ads’da ko'rishlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin, lekin deyarli har doim ularni hal qilishning iloji bor. Muhimi — tizim qanday ishlashini tushunish, muammoni o‘z vaqtida aniqlash va strategiyani moslab borish. Ba’zan faqat stavkani biroz oshirish kifoya, ba’zan esa kanallarni almashtirish yoki ularning sifatini tekshirish zarur bo‘ladi.
Agar siz Telegram Ads’da reklama kampaniyasini tez va ishonchli yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lsangiz — Meridians Marketing’ga murojaat qiling.
Biz O‘zbekistonda Telegram Ads’ning rasmiy resellerimiz va sizga Euro kabinet ochishda, kampaniyalarni to‘g‘ri sozlashda hamda natijaga chiqarishda yordam beramiz.

Ko‘p beriladigan savollar (FAQ)