Telegram Ads’da TON va Euro kabinetlari — 2025-yilda qaysi birini tanlash va nima uchun?
Telegram Ads — tobora ommalashmoqda, ammo ko‘pchilikda bitta savol bor: qaysi kabinetni tanlash ma’qul — TON yoki Euro? Quyida narxlar, imkoniyatlar va qo‘llash holatlariga ko‘ra solishtirishni keltirdik, qaror qilish osonroq bo‘lishi uchun.
TON va Euro kabinet nima?
TON kabinet — mustaqil kabinet, balansni TON orqali to‘ldirasiz. Bir necha qadamda ishga tushadi, sozlamalari oddiy, asosan tanlangan kanallar yoki botlarda reklama ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Kichik byudjet va tezkor test uchun ideal variant.
Euro kabinet — rasmiy resellerlar orqali ochiladigan kabinet, to‘lov yevroda. Target sozlash imkoniyatlari keng (geo, til, qiziqishlar, kanallar), natija analitikasi tushunarli, moderatsiya va qo‘llab-quvvatlash insoniyroq. Masshtab va biznes uchun optimal tanlov.
TON va Euro kabinetlarining Telegram Ads'da asosiy farqlari
Start va kirish:
TON — kirish oson, tezda ishga tushirish mumkin.
Euro — rasmiy reseller orqali ochiladi, lekin jarayon tez va “tayyor holatda”.
Target imkoniyatlari:
TON — asosan kanallar va botlar ro‘yxati bo‘yicha.
Euro — geo (shu jumladan O‘zbekiston), til, qiziqishlar, qurilma turlari va kanal auditoriyalari bo‘yicha keng sozlamalar. Users targeting mavjud!
Analitika va natijalar:
TON — faqat umumiy statistika beradi: ko‘rishlar, bosishlar, CPM/CTR. Qaysi kanal aynan natija berganini ko‘rish qiyin. Konversiya kuzatuvchi piksel yo‘q, tashqi UTM orqali qo‘lda tekshirish kerak.
Euro — analitika ancha qulayroq: ko‘rsatkichlar kanallar va segmentlar kesimida ko‘rinadi, CPM/CTR/CPC tushunarliroq, piksel orqali sayt yoki botdagi konversiyalarni ham kuzatish mumkin.
Qo‘llab-quvvatlash(support) va moderatsiya:
TON — to‘liq self-service, yordam deyarli yo‘q.
Euro — menejerlar va tezkor yordam bor, bahsli vaziyatlar tezroq hal qilinadi.
Qaysi kabinetni tanlash kerak?
Qachon TON kabinetni tanlash kerak:
Tez test, katta xarajatsiz. O‘ffer “ishlaydimi-yo‘qmi”ni bilish uchun kichik byudjet bilan 3–5 kunda signalni ko‘rish mumkin.
O‘z kanal ro‘yxatingiz bo‘lsa. Auditoriya haqiqatan ham faol bo‘lgan joylarni bilsangiz, TON ko‘proq prognozli ishlaydi.
Qo‘lda boshqarishga tayyor bo‘lsangiz. CPM’ni va e’lon matnlarini tez-tez yangilab turish, byudjetni samarali ishlayotgan kampaniyalarga o‘tkazish talab etiladi.
Qachon Euro kabinetni tanlash kerak (tavsiya etamiz):
Barqarorlik va kengayish uchun. O‘zbekistonda aniqroq natijalar, geo/til bo‘yicha moslashuvchan sozlamalar va prognozli ko‘rsatkichlar beradi.
Biznes metrikalar muhim bo‘lsa. Batafsil analitika, “reklama → lid/sotuv” bog‘liqligi va jamoa uchun normal hisobotlar.
“Ishga tushirdim va barqaror ishlayapti” rejimi. Premoderatsiya, moderatsiyada yordam va tezkor qo‘llab-quvvatlash tufayli kampaniyalar uzluksiz davom etadi.
Yuqori limitlar. Euro kabinetda katta byudjet va ko‘proq ko‘rsatish hajmlari bilan ishlash imkoniyati kengroq.
20 soniyada qaror qilish
Mini-byudjet / gipotezani sinab ko‘rish → TON’dan boshlang, lekin ilk natijalar chiqishi bilan Euro’ga o‘tishni rejalang.
Maqsad — O‘zbekistonda mijoz oqimini barqaror(stabil) oshirish va biznesni kengaytirish → eng to‘g‘ri tanlov Euro kabinet.
Premoderatsiya (kanal/bot/sayt): kontent, tezlik va siyosatni tekshiramiz; to‘g‘rilash uchun chek-list beramiz va moderatsiyadan o‘tishga yordam beramiz.
Kabinet va to‘lovlar:Euro kabinetini ochib beramiz, birinchi to‘lov va keyingi to‘ldirishlarda byurokratiyasiz yordam beramiz.
Kreativ va targeting: 160 belgidan 3–5 matn varianti tayyorlaymiz, kerak bo‘lsa vizual va video bilan ham yordam beramiz.
Euro kabinet imkoniyatlari: geo, til, qiziqishlar, qurilma turlari, kanal auditoriyalari va istisnolardan to‘liq foydalanamiz.
Individual strategiya: mijozning marketing rejasi asosida turli yondashuvlarni qo‘llaymiz — tor segmentlardan keng auditoriyalargacha.
Start va optimizatsiya: kampaniyani har kuni kuzatamiz, byudjetni samarali ishlayotgan e’lonlarga yo‘naltiramiz, CPM/CTR/lidlar bo‘yicha hisobot beramiz va masshtablash rejalarini tuzamiz.
Agar siz Telegram Ads’ni tez va ishonchli yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lsangiz — Meridians Marketing ga murojaat qiling. Biz Telegram Ads’ning O‘zbekistondagi rasmiy resellerimiz va sizga Euro kabinetni ochishda, to‘g‘ri sozlashda va natija beradigan kampaniyalarni yo‘lga qo‘yishda yordam beramiz.
Итог
Agar maqsad — lidlar va savdolarni muntazam olib kelish va ko‘lamni kengaytirish bo‘lsa, Euro kabinetni tanlang: reklama uzluksiz ko‘rsatiladi, O‘zbekiston bo‘yicha aniq sozlamalar (geo/til/qiziqishlar), tushunarli analitika va tezkor moderatsiya natijalarni oldindan prognoz qilish imkonini beradi. Agar vazifa — kichik byudjetda gipotezani tez sinash bo‘lsa, TON’dan boshlash mumkin: kirish oson va start tez. Lekin birinchi natija berayotgan kombinatsiya topilishi bilan Euro’ga o‘tish rejasini tuzib qo‘yish kerak — muvaffaqiyatli kreativ va kanal ro‘yxatini o‘tkazamiz, lid metrikalari bo‘yicha hisobotni mustahkamlaymiz va byudjetni “sakrashsiz” kengaytiramiz.