Telegram Ads’da CPM (Euro-kabinetlar): minimal stavkalar va kreativlar uchun qo‘shimcha xarajatlar

Telegram Ads — bu auksion asosida ishlaydigan platforma. Reklamachi o‘zi CPM (mingta ko‘rsatish narxi) stavkasini belgilab, qancha ko‘rsatish olishini boshqaradi. Lekin esda tutish kerak: “minimal CPM” faqat boshlang‘ich narx. Haqiqiy qiymat esa e’lon formati, tanlangan targetlash va kreativ sifatiga bog‘liq.
Quyida biz yevrokabinetlarda mavjud asosiy targetlash usullari va turli elementlar CPM’ga qanday ta’sir qilishini ko‘rib chiqamiz.

1. Foydalanuvchilar bo‘yicha targetlash (Users)

Bu usulda reklama foydalanuvchilarning o‘z xususiyatlariga qarab ko‘rsatiladi:
  • geografiya (mamlakat, shahar),
  • ilova tili,
  • qiziqishlar (foydalanuvchi obuna bo‘lgan kanallar mavzulari orqali),
  • qurilma turi (iOS, Android, desktop yoki mobil),
  • ma’lum kanallar va tematikalarni chiqarib tashlash imkoniyati.
CPM va qo‘shimchalar:
  • Minimal CPM: 0,01 € (faqat matn).
  • + Foydalanuvchi paneli (user picture/preview): +30%.
  • + Kasting/animatsiyali emoji: +20%.
  • + Rasm: +50%.
  • + Video: +70%.
⚠️ Muhim jihatlar:
  • Foydalanuvchi panelini rasm yoki video bilan birga ishlatib bo‘lmaydi.
  • Oddiy emojilar CPM’ni oshirmaydi.
  • Kombinatsiyada:
  • rasm + emoji ≈ +70%
  • video + emoji ≈ +90%

2. Botlar bo‘yicha targetlash (Bots)

Reklama botlarning ichki interfeysida (odatda yuqorida turadigan pin xabarlari shaklida) ko‘rsatiladi.

CPM va qo‘shimchalar:
  • Minimal CPM: 1 € (matn + oddiy emojilar bilan).
  • + Foydalanuvchi paneli: +30%.
  • + Kasting/animatsiyali emoji: +20%.
  • Foto va video: hozircha mavjud emas.
⚠️ Hozirgi kunda minimal byudjet 500 € qilib belgilangan, shuning uchun raqobat kuchaydi. Shunday ekan, reklama e’tiborni tortishi uchun panel va emojilardan foydalanish deyarli majburiy bo‘lib qolgan.

3. Kanallar bo‘yicha targetlash (Channels)

Eng mashhur formatlardan biri — reklama to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlangan kanallarning ichida joylashtiriladi. Reklama postlari kanal lentasining pastida, sponsorlashgan xabar sifatida ko‘rinadi.

CPM va qo‘shimchalar:
  • Minimal CPM: 2 € dan boshlanadi.
  • + Foydalanuvchi paneli: +30%.
  • + Kasting/animatsiyali emoji: +20%.
  • + Rasm: +50%.
  • + Video: +70%.
⚠️ Bu yerda boshlang‘ich CPM eng yuqori bo‘ladi. Ayniqsa yirik kanallarda haqiqiy stavkalar minimal qiymatdan ancha yuqoriga chiqishi mumkin.

4. Qidiruv bo‘yicha reklama (Search)

Bu formatda reklama Telegram qidiruvida ko‘rinadi.
  • Minimal CPM: 1 € dan.
  • E’lonlarda matn va emoji bo‘lmaydi — faqat kalit so‘zlar (maksimal 10 ta) kiritiladi.
  • Juda foydali format, agar bilsangizki, foydalanuvchilar sizning xizmat yoki mahsulotingizni yoki hatto raqibingizni qidiradi.
  • ⚠️ Kреativ imkoniyatlari eng kam, lekin to‘g‘ri kalit so‘zlar bilan aniq auditoriyani jalb qilish mumkin.

5. Minimal ≠ O‘rtacha

Shuni unutmaslik kerakki, minimal CPM — bu faqat boshlang‘ich chegarasi. Reklama kampaniyasi samarali ishlashi uchun deyarli har doim stavkani ko‘tarishga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda eng mashhur format — foydalanuvchilar bo‘yicha targetlash. Hozirda o‘rtacha CPM atigi 0,05–0,06 € atrofida, bu esa qo‘shni davlatlar, masalan Rossiyaga qaraganda ancha past.
Shunga qaramay, Telegram reklama uchun juda samarali kanal bo‘lib qolmoqda:
  • Facebook yoki TikTok’ga qaraganda reklama shovqini kamroq,
  • CTR va foydalanuvchi ishtiroki yuqoriroq,
  • Muvaffaqiyatli kampaniyalarda ROMI ko‘rsatkichi 200–300% gacha chiqishi mumkin.

Xulosa

  • Foydalanuvchilar: 0,01 € dan, panel, emoji, rasm va video qo‘shilganda narx ortadi.
  • Botlar: 1 € dan, media (rasm/video) hozircha mavjud emas, ammo panel va emojilardan foydalanish deyarli majburiy.
  • Kanallar: 2 € dan, reklama kanal ichida ko‘rsatiladi, stavkalar eng yuqori bo‘ladi.
  • Qidiruv: 1 € dan, faqat matn, kреativ imkoniyatlari eng kam.
Har bir qo‘shimcha kреатив elementi CPM’ni 20–70% ga oshiradi, lekin shu bilan birga reklamaning ko‘rinishi va bosilish ehtimolini ham yaxshilaydi. Minimal CPM ≠ haqiqiy ishchi CPM — kampaniyalarni doim optimallashtirish va turli variantlarni test qilish kerak.

👉 Reklamani samarali yo‘lga qo‘yish va CPM’ni maqsadlaringizga moslashtirish uchun Meridians Marketing’ga murojaat qiling — Telegram Ads’ning O‘zbekistondagi rasmiy reselleri.

Ko‘p beriladigan savollar (FAQ)